21:13 / 09.02.2018
11 001

Haydovchilar diqqatiga! Majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartiblari o‘zgardi

Haydovchilar diqqatiga! Majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartiblari o‘zgardi
Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun undiriladigan to‘lov stavkalariga o‘zgartirishlar Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Unga ko‘ra, to‘lovlar eng kam oylik ish haqiga nisbatan foizlarda yuridik shaxslar uchun hamda jismoniy shaxslar uchun alohida, transport vositasining toifasidan kelib chiqib belgilangan.

Agar jismoniy shaxslarga tegishli yengil (M 1 toifadagi) avtotransport vositalari tadbirkorlik sub’ektlari – yuridik shaxslar tomonidan majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazilsa, mazkur to‘lov Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlari tomonidan undirilmaydi. Bunday hollarda viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan belgilanadigan to‘lovlar undiriladi.

Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlari tomonidan undiriladigan, jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtotransport vositalari uchun belgilangan to‘lov 2019 yil 1 yanvarga qadar amal qiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Haydovchilar diqqatiga! Majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartiblari o‘zgardi