Burgut qoyalar bag‘riga to‘rtta tuxum qo‘ydi. Qattiq zilzila bo‘lib, ulardan bittasi indan dumaladi, tovuq katagigacha bordi. Kurk tovuq o‘zinikilar qatori burgut tuxumini ham bag‘riga oldi. Vaqti kelib tuxum yorildi, undan burgutcha chiqdi. Tovuqlarning tarbiyasini olib katta bo‘ldi va tabiiyki, o‘zini tovuq deb bildi. Bir kuni burgutcha osmonda uchib o‘tayotgan burgutlarni ko‘rdi. Ular kabi samoda parvoz qilishni xohladi. Biroq urinishlari zoye ketib, kulgiga qoldi. Hamkataklari unga: “Sen tovuqsan! Burgutlardek ucholmaysan!” deyishdi. Kichik burgutning umidlari puchga chiqdi, mayuslanib qoldi. Shu tarzda tovuqlar ichida yashab o‘tdi...
Bu hikoyadagi burgut holiga tushmay desangiz, o‘zingiz ishongan salbiy fikrlar asiriga aylanmang. Muvaffaqiyat osmonida parvoz etishni istasangiz, maqsadingizda qat’iy bo‘ling.
Sizni qo‘llab-quvvatlamaydiganlar (xuddi tovuqlardek) so‘ziga quloq tutmang. Alloh taoloning inoyati bilan kuchingiz ham, toqatingiz ham yetarli ekaniga ishoning. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi