12:25 / 10.02.2018
6 733

Prezident Sergeli tumanidagi yangi ko‘p qavatli uylar qurilishi bilan tanishdi

Prezident Sergeli tumanidagi yangi ko‘p qavatli uylar qurilishi bilan tanishdi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sergeli tumanidagi yangi qo‘p qavatli uy-joylar qurilishi bilan tanishdi.

Loyihaga asosan 7 va 9 qavatli 120 ta uy qurilishi boshlab yuborilgan. Uylar mamlakatimizda ishlab chiqarilgan qurilish materiallaridan zamonaviy qilib barpo etilmoqda. Shuningdek, maktablar, maktabgacha ta’lim muassasalari, dam olish joylari, poliklinikalar, bolalar maydonchalari, avtomobil turar joylari va boshqa infratuzilma ob’ektlari qurilishi ko‘zda tutilgan.

Ushbu turar joylarni joriy yilning sentyabr oyida o‘z egalariga topshirish rejalashtirilgan.

«Mamlakatimizda uy-joylar qurilishi hajmi yildan-yilga oshib bormoqda. Shu bois qurilish-pudrat tashkilotlari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy bilim va malakaga ega mutaxassislar tayyorlashni kengaytirish zarur», deya Shavkat Mirziyoyevning so‘zlarini keltirgan prezident matbuot xizmati.

Muhandis va quruvchilar bilan muloqotda odamlar uchun barcha zarur sharoitlar yaratish, maishiy xizmat ob’ektlarini uylarning birinchi qavatiga joylashtirish zarurligi qayd etildi.

Davlat rahbari o‘tgan yil noyabr oyida Sergeli tumanida foydalanishga topshirilgan ko‘p qavatli yangi uy-joylar bilan tanishib, xonadon sohiblari bilan muloqot qilgan edi. Prezident o‘shanda kelajakda quriladigan bu kabi uylarni yanada takomillashtirish bo‘yicha tavsiya va topshiriqlar bergandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident Sergeli tumanidagi yangi ko‘p qavatli uylar qurilishi bilan tanishdi