Toshkentga sinov tariqasida Belorussiyadan avtobuslar olib kelindi

Toshkentga sinov tariqasida Belorussiyadan avtobuslar olib kelindi
Joriy yilning 8 fevral kuni Toshkentga Belorussiyadan 2 ta katta va o‘rtacha hajmli avtobuslar olib kelindi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ matbuot xizmati xabariga asosan Qalampir nashri ma’lumot bermoqda.

Belorussiyadan keltirilgan “MAZLotos” rusumli transport vositasi tabiiy gaz bilan yuradi.
Toshkentga sinov tariqasida Belorussiyadan avtobuslar olib kelindi
Ushbu avtobuslarning poli past bo‘lib, nogironlar aravachalari va jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarga qulaylik yaratish maqsadida maxsus tayyorlangan.

Avtobuslarni sinash amaliyoti “Toshshahartrans” AJ tarkibiga kiruvchi avtoparklarda o‘tkaziladi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar