18:25 / 12.02.2018
4 640

Samarqandda o‘g‘irlangan avtomashina raqamlari uchun pul talab qilinmoqda (foto)

Самарқандда ўғирланган автомашина рақамлари учун пул талаб қилинмоқда (фото)
“UzNews.uz” ga samarqandlik fuqaro murojaat qilib, 11 fevraldan 12 fevralga o‘tar kechasi uning “Lacetti” avtomashinasining davlat raqamini o‘g‘irlab ketishgani va davlat raqamini qaytarib berishlari uchun undan “pul” talab qilishgani haqida xabar qildi.

Biz holatga aniqlik kiritish maqsadida “Ishonchli manbalar”imiz bilan gaplashganimizda, ular 30 dan ortiq bunday holat aynan Samarqandda ro‘y berganini ta’kidlab o‘tishdi.

Shunisi qiziqarliki, qonun va uning himoyachilaridan ham qo‘rqmaydigan “O‘g‘rilar” avtomashina davlat raqamini o‘g‘irlab, avtomashina egasiga “xat” qoldirganlar.

Ushbu “xat”da “o‘g‘ri”, avtomashina sohibi “QIWI” elektron valyuta o‘tkazmasi orqali 5 AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ni “o‘g‘ri”ning hisobiga o‘tkazib bersa, 1 kun davomida o‘z mashinasining davlat raqamini qayerdan olib ketishi mumkinligi aytib, manzilni berishi yozilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda o‘g‘irlangan avtomashina raqamlari uchun pul talab qilinmoqda (foto)