4 563
Turkiyalik ishbilarmon va sarmoyadorlar O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishga tayyor
12 fevral kuni Toshkent shahridagi Wyndham mehmonxonasida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov va Xalqaro Press-klub rahbari Sherzod Qudratxo‘jayev boshchiligida O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirishga doir muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Unda Turkiyaning Antaliya, Bursa, Izmir, Anqara, Ko‘niya, Qayseri viloyatlarining Madaniyat va turizm boshqarmalari boshliqlari, Istanbul shahar hokim o‘rinbosari, Turkiya sayohat agentliklari uyushmasi (TURSAB) vakillari va qator kompaniyalar rahbarlari ishtirok etishdi. KUN.UZ muxbiri shu haqida xabar berdi.
Tadbirda ma’lum qilinishicha, bugungi kunda Turkiyadan O‘zbekistonga kelayotgan sayyohlar soni - 20 ming nafarni, O‘zbekistondan Turkiyaga borayotgan sayyohlar soni esa 120 mingni tashkil qilmoqda. Endi vizasiz rejim joriy qilingandan keyin bu raqamlar yanada oshishi shubhasiz.
Turkiyalik mutaxassislar bugungi kunda O‘zbekistonda yuz berayotgan ijobiy o‘zgarishlarni kuzatib borayotganliklari, "ota yurtlari"da yaratilayotgan qulayliklardan g‘oyatda xursand ekanliklarini ta’kidlagan holda, mamlakatimizda turizm sohasi rivoji yo‘lida g‘ov bo‘layotgan to‘siqlarga ham to‘xtalib o‘tishdi.
Turkiyalik ekspertlarning deyarli barchasi eng katta to‘siq sifatida "O‘zbekiston havo yo‘llari" chiptalari narxi yuqoriligini (ularning so‘zlariga ko‘ra, 700 dollar atrofida) ko‘rsatishdi.
Shu bilan birga, O‘zbekistonda ikkita yo‘nalishda qonun qabul qilinishi maqsadga muvofiq bo‘lishini ta’kidlashdi. Bulardan biri "Turizmni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida"gi qonun bo‘lsa, ikkinchisi "Moliyalashtirish va ularning manbalarini ta’minlash to‘g‘risida" bo‘lishi kerakligi qayd etildi.
Bundan tashqari, O‘zbekistonga sayyohlar kelishi uchun talabga javob beruvchi shart-sharoitlar yaratilishi haqida o‘ylab ko‘rish tavsiya etilib, mamlakatda turizmni rivojlantirishga qo‘llaridan kelgancha yordam berishga tayyor ekanliklarini bildirishdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»