21:10 / 13.02.2018
7 548

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi ikkita vazirlikka ajratildi

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi ikkita vazirlikka ajratildi
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi ikkiga ajratildi. Vazirlik o‘rnida Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Suv xo‘jaligi vazirligi tuzilgan.

«KUN.UZ» manbasi ma’lumot berishicha, Suv xo‘jaligi vazirligiga sobiq Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligida vazirning suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lgan Shavkat Rahimovich Hamroyev vazir etib tayinlangan.

Bundan avvalroq Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Zoyir Mirzayev iste’foga chiqqani va yangi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga Bahodir Tursunovich Yusupov rahbar etib tayinlangani haqida xabar berilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi ikkita vazirlikka ajratildi