"Ona" nomiga dog‘ tushdi: Toshkentda 7 kunlik chaqalog‘ini tashlab ketgan ona qidirilmoqda

"Ona" nomiga dog‘ tushdi: Toshkentda 7 kunlik chaqalog‘ini tashlab ketgan ona qidirilmoqda
Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida 12 fevral kuni soat 14:00 larda Osiyo millatiga mansub, 17-20 yoshlardagi noma’lum ayol Alisher Navoiy ko‘chasida joylashgan Markaziy dorixona oldida turgan N.M. va A.A.ning yoniga kelib, 3-7 kunlik sog‘lom qiz bola chaqaloqni ularga berib, voqea joyidan yashiringan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabariga ko‘ra, chaqaloqning onasini aniqlash choralari ko‘rilgan.

Hozir surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar