“Ipotekabank” aksiyadorlik tijorat banki Xorazm viloyati “Tinchlik” filialida bosh mutaxassis bo‘lib ishlovchi Ollabergan Masharipov tijorat banklarida fuqarolardan xorijiy davlatlar valyutasi cheklanmagan miqdorda qabul qilinayotganini ko‘rib, “iye, zo‘r-u, shundan ham boylik orttirish mumkin emasmikan-a?!” deb o‘ylab qoldi va xayoliga kelgan fikrdan xursand bo‘lib ketdi.
Ammo, masalaning ikkinchi tomoni ham bor. O‘ylagan rejasiga ko‘ra, fuqarolardan chet el valyutasini sotib olish uchun ancha mablag‘ lozim bo‘ladi. “Ish bilganga ming tanga” deganlaridek, “bankir” bilan hamfikr va uni qo‘llab-quvvatlovchi “sarmoyador”lar ham tezda topila qoldi.
Shu bankda mutaxassis bo‘lib ishlaydigan Sherzod Yangiboyev va hech qayerda ishlamasa-da, hisob-kitob ilmini yaxshigina o‘zlashtirib olgan Navro‘z Eshmetov ham “bel og‘ritmay” pul ishlash maqsadida sheriklikka qo‘shildi.
N.Eshmetovni o‘zlariga sherik qilib olgan “ustasi farang bankirlar” keyinchalik fuqarolarga qonunga hilof ravishda qayta naqd shaklda sotish maqsadini ko‘zlab, urganchlik fuqarodan bir dollarni 8 ming 150 so‘mdan sotib olishga kelishib, 8 ming 200 dollarni ushbu fuqaroning uyida 66 million 830 ming so‘mga sotib olayotgan paytida viloyat ichki ishlar xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.
Qilmishlari fosh etilib, pullari ashyoviy dalil tariqasida hujjatlashtirilgan ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Manba: uza.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»