Tibbiy tekshiruvlarda aniqlanishicha, tilla va kumush taqinchoqlarning har biri alohida ta’sir kuchiga ega. Shuning uchun yaqin kunlarda tilla yoki kumushdan ishlangan biror taqinchoq xarid qilishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, ko‘rinishi-yu sifatiga mahliyo bo‘lishdan avval organizmingiz uchun qanday ta’sir etishi haqida ham bir o‘ylab ko‘ring. Zotan, bu ikkala metall hammaga ham birdek ma’qul kelavermaydi. Demak, xariddan avval organizmingizdagi qaysi holatlarga e’tibor qaratish kerakligini bilib oling.
TORTINChOQ KIShILARGA…
Mutaxassislar tortinchoq, tez til topishib ketolmaydigan va ba’zida o‘z-o‘zi bilan ham kelisha olmaydiganlarga tilla taqishni tavsiya etishadi. Qolaversa, ularning aytishicha, biror tilla taqinchoqdan muntazam ravishda foydalanganda asab tizimi faoliyati me’yorlashib, xotira tetiklashar ekan. Ruhiyat tetiklashib, kayfiyat ko‘tarilar, hattoki dadillikka undarkan.
Shuningdek, quyidagi kasalliklar yoki ularga moyillik bo‘lsa, tilla taqinchoq taqish foydali:
* bo‘g‘imlar, umurtqa pog‘onasidagi o‘zgarishlarda;
* yurak-qon tomir tizimi kasalliklari;
* peshob ajratish tizimi xastaliklari;
* ayollar jinsiy a’zolari kasalliklari;
* ovqat hazm qilish tizimi xastaliklari.
KIMLARGA MUMKIN EMAS?
Asosan, allergik toshmalarga moyilligi borlar yoki tillaga alohida ta’sirchanligi bo‘lganlarga tilla taqish tavsiya etilmaydi. Agar tilla taqinchoq sizga to‘g‘ri kelmasa, teri ustki qavatida mayda qizil toshmalar paydo bo‘ladi. Bundan tashqari, erkaklarga tavsiya etilmaydi! Erkaklar uchun tilla taqinchoqlar taqish ma’n etilganligi ayrim diniy adabiyotlarda ham keltirilgan.
Tibbiyotda esa barcha turdagi tilla taqinchoqlar, jumladan, tilla uzuk taqish erkaklardagi jinsiy bezlar faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi ta’kidlangan. Sababi, mazkur metall vaqt o‘tishi bilan oksidlanib, kimyoviy jarayonlarga uchraydi. Bu esa erkaklar jinsiy faoliyatining izdan chiqishi va pasayishiga olib kelishi mumkin. Ayollar organizmi gormonlar hisobiga bu kabi jarayonlarga chidamli bo‘ladi. Shu sababli oksidlanish holatlari ham u qadar xavf solmaydi.
TA’SIRChAN KIShILARGA…
Ta’sirchan kishilarga esa mutaxassislar kumush taqishni tavsiya etishadi. Kumush metalining o‘ziga xos injiqliklari bor, ya’ni kumushdan ishlangan taqinchoqlar faqat o‘z egasi uchungina xizmat qilib, boshqa qo‘lga o‘tishni yoqtirmaydi. Kumush foydali xususiyatiga ko‘ra, organizmning immun tizimini mustahkamlab, bakteriya va infeksiyalarga chidamlilikni oshiradi. Shuningdek, bosh og‘riqlari, zo‘riqish, depressiya, surunkali shamollash, asab qo‘zg‘alishlarida davolovchi ta’sirga ega. Ko‘p diqqatni talab qiluvchi mehnat faoliyati bilan shug‘ullansangiz, tanangizga xotirjamlik baxsh etish va asablaringizni tinchlantirish uchun, albatta, kumushdan ishlangan taqinchoq taqqan ma’qul.
KIMGA TAVSIYa ETILMAYDI?
Kumush taqinchoq taqqaningizdan so‘ng tez-tez boshingiz og‘risa, yengil bosh og‘rig‘i bezovta qilsa, tushunarsiz lanjlik va taqinchoq taqilgan sohada noaniq og‘riq kuzatilsa, bilingki, bu metall organizmingizga to‘g‘ri kelmagan.
Bu metallda insonni fe’liga ko‘ra ajratish xususiyati bor.
Agar fe’l-atvoringizga ko‘ra og‘ir, tajang bo‘lsangiz, u sizni xushlamaydi. Shuningdek, gipertoniya kasalligiga chalinganlarga ham kumushdan ishlangan taqinchoqlar tavsiya etilmaydi.
ERKAKLARGA-ChI?
Umumiy quvvatni me’yorlashtirish, immunitetni oshirish va asabiylikni yengishda kumushdan ishlangan uzuklardan foydalanish tavsiya etiladi. Ammo har bir organizmning o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqib, kumush metaliga o‘ta ta’sirchanlik, allergiya mavjud bo‘lsa, to‘g‘ri kelmaydi.
KUMUSh QORAYSA…
Bu metall tarkibida rux moddasi bo‘lib, tashqi muhit, namlik, havo harorati ta’sirida ba’zan rangi qorayadi. Shuningdek, organizmda biror kasallik alomatlari boshlanayotganda ham kumush o‘z rangini o‘zgartirishi mumkin. Agar kumush taqinchoqlaringizdan faqat birining rangi qoraysa, bu gormonal o‘zgarishlar (homiladorlikda ko‘p kuzatiladi), jigar faoliyati, kuchli hayajon, stress yoki kuchli ta’sirga ega antibiotiklar qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligiga ahamiyat bering.
TILLA VA KUMUShNI BIRGA TAQISh MUMKINMI?
Har bir metallning faqat o‘zigagina tegishli bo‘lgan bioquvvati bo‘lib, ular birga taqilganda bir-biriga to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Xususan, kumush organizmni tinchlantirib, asab qo‘zg‘alishlarini me’yorlashtirsa, tilla, aksincha, faollikni oshiradi. Shunga ko‘ra, ikkisini birga taqish tavsiya etilmaydi. Yo‘qsa, organizmingiz qay biriga moslashishni bilmay, turli holatlar kelib chiqishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...