
Samarqand viloyatida sodir etilgan mudhish jinoyat tafsilotlari fosh bo‘ldi. Voqea 2017 yil avgust oyida yuz bergan, deb yozadi Qalampir nashri.
Toyloq tumanida yashovchi Rahimovlar oilasining bekasi 2017 yil 25 avgust kuni soat 22:00 atrofida turmush o‘rtog‘i bilan janjallashib, yiqilib tushgan va og‘ir jarohat olgan. Ayol 26 avgust kuni 23:00 da jon bergan.
Uning turmush o‘rtog‘i – 1968 yilda tug‘ilgan xonadon egasi esa jinoyatni yashirish maqsadida ayolining jasadini ta’mirlash ishlari olib borilayotgan xonalardan biriga ko‘mib qo‘ygan.
Rahimov ayolini Rossiyaga ishga ketgan degan bahona bilan yo‘qligining sababini atrofdagilardan yashirgan.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari tomonidan olib borilgan tergov jarayoni vaqtida mazkur jinoyatning izlari topildi. Ayni vaqtda erkak qo‘lga olingan.
Samarqand ViloyatiJinoyat TafsilotlariMudhish JinoyatRahimovlar OilasiTergov JarayoniAyolning JasadiYashirish MaqsadiTurmush O‘rtog‘iVoqea Sanasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar