Xorazmlik shaxs kelinoyisini bolta bilan urib o‘ldirdi

Xorazmlik shaxs kelinoyisini bolta bilan urib o‘ldirdi
Joriy yil 13 fevral kuni Xorazm viloyatida mudhish qotillik ro‘y berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Yangiariq tumani “Qarmish” mahallasida yashovchi 25 yoshli B.Abdrimov ismli shaxs 13 fevral kuni tungi soat 00:10 da kelinoyisi Z.Allaberganovaning boshiga bolta bilan urib, og‘ir jarohat yetkazgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, B.Abdrimov ruhiy xasta bo‘lgan.

Jabrlanuvchi Z.Allaberganovaning shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda joni uzilgan.

B.Abdrimov esa qo‘lga olingan. Voqea tafsilotlari o‘rganilmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar