Endilikda “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi tarkibidagi “O‘zagroeksport” aksiyadorlik jamiyati o‘rik pishib yetilishidan bir necha oy oldin dehqonlarga bo‘nak pulini to‘lagan holda uni xarid qilib oladi, deb yozadi Xalq so‘zi nashri.
Bunda “O‘zagroeksport” aksiyadorlik jamiyati dehqon, fermer va tomorqa xo‘jaliklarining bog‘larida yetishtirilgan yangi mavsum o‘rik mahsulotini F’yuchers, ya’ni oldindan pul o‘tkazish shartnomasi asosida xarid qilish hamda “Uzagro” brendi ostida eksportga yo‘naltirish ko‘zda tutilgan.
“O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi tomonidan meva-sabzavot mahsulotlari eksportini oshirishdagi navbatdagi dolzarb masalalar to‘g‘risida kengaytirilgan davra suhbatida shular xususida so‘z yuritildi.
Jumladan, joriy yil o‘rik mevasi hosili uchun, aniqrog‘i, 1 kg. 40+ kalibrli o‘rik uchun to‘rt barobar oshirilgan holda, ya’ni 8 ming so‘m narx belgilash, maqsadga muvofiq deb topildi va xaridlarni amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha ishchi guruhi tuzildi.
— Maqsad mirishkoru dehqonlarimiz daromadini oshirishdan iborat, — deydi “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi bo‘lim boshlig‘i Umid Ro‘ziyev. — Bu usul yangi mavsum hosilidan yanada ko‘proq foyda olish, foydalanilmayotgan maydonlarga investitsiya kiritish, mahsulot turi hamda hajmini oshirish imkonini beradi. Bu, o‘z navbatida, ichki bozorda ushbu mahsulotlarga bo‘lgan talabni qondirish, eksport hajmi oshiradi.
Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston — o‘rik eksporti bo‘yicha jahonda ikkinchi o‘rinda turadi. Xolding kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar asnosida mazkur ko‘rsatkichni yanada oshirish rejalashtirilgan. Buning uchun imkoniyat yetarli.
Davra suhbatida mevali bog‘lardan olinadigan o‘rik mevalarini tashqi bozorlarga olib chiqishning istiqbolli yo‘llarini qo‘llash, o‘rikning yetishtirishda yangi texnologiyalarni joriy etish, pirovardida xalqimiz uchun qo‘shimcha daromad manbaini ochish, turmush farovonligini yanada yuksaltirish masalalariga alohida urg‘u berildi.
Rahim ShERQULOV
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin