
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6 fevral kuni «Kirish turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzolagan edi.
Ushbu qaror va O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining tegishli buyrug‘iga muvofiq, Toshkent teleminorasiga tashrif buyuruvchi turistlarga teleminoraning foyesida, 100-110 metr balandlikda joylashgan tomosha maydonchasi va «Koinot» restoranida foto (selfi) va video suratga olishga ruxsat berildi.
Bu bilan teleminoraga tashrif buyuruvchilar va sayyohlar uchun yanada qulayliklar yaratildi, buning natijasida sayyohlar Toshkent shahrining eng go‘zal va ko‘rkam maskanlarini foto va video suratga olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar