
Savol:
Assalomu alaykum! Yaqinda farzandli bo‘ldim. Farzand uchun “5 kecha”ga atab ozgina pul yig‘ib qo‘ygan edim, endi shu pulimni “5 kecha” qilsam qo‘y so‘ya olmayman, qo‘y so‘ysam “5 kecha” qilolmayman. Menimcha, “5 kecha” o‘zi yo‘q narsa, xotinlar o‘ylab topgan bo‘lsa kerak, shunga qo‘y so‘yib, qurbonlik singari 3 ga taqsimlab tarqatsam, shuning o‘zi yetarlimi, joizmi? Odamlarning gapi o‘z yo‘liga, osh qilib ber, sunnat nima desa shunga amal qilamiz, inshaalloh. Rahmat
Javob:
Farzand tug‘ilganida jonliq so‘yish shariatda mashru’ amaldir. Uning go‘shtini xom holida yoki mehmon chaqirgan holda ehson qilish mumkin.
Vallohu a’lam.
Mubashshir Ahmad
Manba: azon.uz
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar