07:30 / 21.02.2018
5 734

147 yoshli saudiyalik otaxonning turmush tarzi ayon bo‘ldi

147 yoshli saudiyalik otaxonning turmush tarzi ayon bo‘ldi
O‘tgan xafta so‘ngida saudiyalik 147 yoshli dunyoning eng yoshi ulug‘ kishilaridan biri vafot etdi, deb xabar beradi Al-Arabiya nashri. Uning ismi Ali al Alaqamiy edi. Qariyaning yaqinlaridan biri Yaxyo al Alaqamiyning so‘zlariga ko‘ra, otaxon umri davomida faqatgina o‘z qo‘llari bilan yetishtirgan mahsulotlarni iste’mol qilgan. U bayram dasturxonlaridan o‘zini tiygan va do‘kon, bozorlardan olib kelingan mahsulotlarni xohlamagan.

“Shayh hazratimiz hech ham sevimli Qur’on kitoblarini qo‘ldan qo‘ymasdilar. Avtomobilda yurishni yoqtirmasdilar. Imkon darajasida piyoda yurishga harakat qilardilar”, deydi Yahyo muxbirga bergan intervyusida. “Shayh Ali hatto Makkaga umra ziyorati uchun ham piyoda borganlar. Makka va bizning shahrimiz o‘rtasidagi masofa 300 km dan ortiq”.

Vafotidan avval otaxon go‘zal umr kechirgani haqida aytgan. “Hozir sharoit va odamlar juda ham o‘zgarib ketgan. Mening tengdoshlarim, men bilgan odamlar hozir yonimda yo‘q, shu sabab men ba’zan o‘zimni yolg‘iz his qilaman”, degan Shayh Ali.

Manba: aqida.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 147 yoshli saudiyalik otaxonning turmush tarzi ayon bo‘ldi