5 542
Shavkat Mirziyoyev — harbiylarga: Bir daqiqa vaqtingiz ham bekor ketmasligi uchun sizlarga sharoit yaratyapmiz (video)
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga tashrifi davomida 17 fevral kuni Kogon tumanidagi harbiy qismda bo‘ldi. Prezident bu yerda harbiylarning xizmat va yashash sharoitlari bilan tanishgan, askar va ofitserlar bilan suhbatlashgan.
Jangovar shaylik qayerdan bo‘ladi? Jismoniy tayyorgarligingiz har doim kuchli bo‘lsa. Jismoniy tayyorgarlik qilgan odam bilimini ham oladi, kompyuterni ham biladi.
Bir daqiqa ham vaqtingiz bekor ketmasligi uchun mana shunday sharoitlarni yaratyapmiz. Sizning har tomonlama tayyorgarligingiz Vatanimizga, xalqimizga kerak. Tinchligimiz, xalqimizning mudofaasi, uning tinchligi sizning qo‘lingizda.
Ko‘p o‘zgarishlarni amalga oshiryapmiz. Nima uchun? Siz bu yerda jangovar shay, jismoniy sog‘lom, buyuk bobolarimizga munosib farzand bo‘lib, ruhlaring tetik bo‘lsa, biz tinch-xotirjam bo‘lib, sizlarga sharoit yaratib berishimiz shart.
Vatan himoyachisi degan sharafli kasbga, unga sadoqat bilan xizmat qilishga hayotingizni bag‘ishlagan ekansiz — bu buyuk kasb, buyuk niyat, buyuk istak — shu buyuklik har vaqt sizga hamroh bo‘lsin, jonajon Vatanimiz himoyasiga har doim tayyor bo‘ling.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti
Prezident matbuot xizmatining Shavkat Mirziyoyevdan keltirgan iqtibosiga ko‘ra, “xalq bilan armiya, mudofaa boshqarmalari bilan hokimlik bir bo‘lishi kerak”. “Harbiylar yoshlar bilan tez-tez uchrashib turishi, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga hissa qo‘shishi zarur”, — degan Prezident. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi
Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!"
Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?