11:35 / 21.02.2018
5 681

21 fevraldan Adliya vazirligi fuqarolar uchun bepul yuridik maslahatlar berishni tashkil etadi

21 fevraldan Adliya vazirligi fuqarolar uchun bepul yuridik maslahatlar berishni tashkil etadi
21 fevraldan e’tiboran Adliya vazirligi Toshkent davlat yuridik universitetining yuridik klinikasi qoshida fuqarolar qabulini tashkil etmoqda. Bu haqda vazirlikning Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanalida ma’lum qilindi.

“Inson huquqlari sohasida fuqarolarga bepul yuridik yordam ko‘rsatish, ularga huquqiy axborot va og‘zaki maslahatlar berish maqsadida Adliya vazirligi 2018 yilning 21 fevral kunidan boshlab Toshkent davlat yuridik universitetining yuridik klinikasida fuqarolar qabulini tashkil etadi”, — deyiladi xabarnomada.

Qabul haftaning dushanba, chorshanba, juma kunlari soat 10:00–12:00 orasida amalga oshiriladi.

Manzil — Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 35-uy.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 21 fevraldan Adliya vazirligi fuqarolar uchun bepul yuridik maslahatlar berishni tashkil etadi