date

Moskvada “iPhone”ning kurerlarini 700 ming rublga tunab ketishdi

Moskvada “iPhone”ning kurerlarini 700 ming rublga tunab ketishdi

Moskvaning shimoli-g‘arbida jinoyatchilar aytilgan manzil bo‘yicha “IPhone 6” telefonlari olib kelgan kur’erlarga hujum qilishdi. Bu haqda “LifeNews” xabar bermoqda.

Jinoyatchilar Parusniy ko‘chasida joylashgan uylardan birida ijaraga olingan kvartiradan turib ushbu smartfonlarga buyurtma berganlar.

Kur’erlar smartfonlarni olib kelishganida jinoyatchilar ularga hujum qilib, ularni bog‘lab, tunab, mahsulotlar etkazib beruvchi kompaniyaning ushbu xodimlarining biriga tegishli bo‘lgan mashinada voqea joyidan g‘oyib bo‘lganlar.

Voqea joyiga etib kelgan polisiya xodimlari kurerlarning bog‘lab qo‘yilganliklarini ko‘rishgan. Jinoyatchilar ulardan jami 700 ming rubllik “IPhone 6” smartfoni va bir necha “Ipad” planshetlarini olib qo‘yishgan.

Shuningdek, ularga tegishli bo‘lgan “KIA-Cpektra” mashinasi ham olib qochilgan”, deb axborot berdi huquqni muhofaza qilish idoralaridagi manba.

Aniqlanishicha, kurerlar mahsulotlar etkazib beruvchi “Videoshoper” kompaniyasining xodimlari bo‘lganlar. Hozirda ular so‘roq qilinmoqda. Ayni damda ushbu jinoyatchilar va o‘g‘irlangan mashina qidirilmoqda.

Manba: Kun.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Moskvada “iPhone”ning kurerlarini 700 ming rublga tunab ketishdi