2018 yilning 13 yanvar kuni 3 nafar noma’lum shaxs Muqimiy ko‘chasida to‘xtab turgan “PREMIUM COMMUNICATIONS” MCHJga tegishli “Lasetti” rusumli avtomashinaga hujum qilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ular avtomashina ichida bo‘lgan S.Sh. va Ya.Ya.ning turli joylariga urib-tepib tan jarohati yetkazib, pichoq va pnevmatik pistolet bilan qo‘rqitishgan hamda S.Sh.ni elektroshoker bilan urib, falaj holatga keltirib, unga tegishli 15 mln. so‘m hamda Ya.Ya.ga tegishli 8 mln. so‘m pullarni olib, voqea joyidan yashiringanlar.
Ko‘rilgan choralar natijasida, ushbu jinoyatni Olmazor tumani R.Ashurov ko‘chasida yashovchi, muqaddam sudlangan, 1984 yilda tug‘ilgan U.S. sodir etganligi aniqlanib qo‘lga olingan. Uning sheriklarini aniqlash va ushlash choralari ko‘rilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?