27 yanvar kuni Ellikqal’a tumanining (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) Bo‘ston shahridagi Oybek ko‘chasida istiqomat qiluvchi Toreniyaz Qutibayev tomorqasidan ulkan ko‘za topib oldi, deya xabar bermoqda O‘zA.
Yangilikdan xabar topgan mutaxassislar mazkur arxeologik topilmani ko‘zdan kechirib, ko‘za XII-XIII asrlarga tegishli ekanini aniqladi.
– Bu arxeologik topilma birinchisi emas. Bo‘ston shahri hududidan ilgari ham bir necha bor arxeologik materiallar topilgan, – deydi O‘zbekiston Qahramoni, arxeolog G‘ayratdin Xo‘janiyazov. – Mahalliy xalq e’tirofiga ko‘ra, qadimda Ellikqal’a tumani hududida 50 ta qal’a bo‘lgan. Bugungi kunda tumanning 21 arxeologik yodgorligi davlat ro‘yxatiga olingan. Ularning ba’zilari Bo‘ston shahri hududida joylashgan. Ya’ni, miloddan avvalgi IV-III asrlar va milodiy XII-XIII asrlarga oid bo‘lgan 1-Qavatqal’a yoki Katta Qavatqal’a va milodiy XII-XIII asrlarga tegishli 3-Qavatqal’a yodgorliklari saqlangan. 2-Qavatqal’aning esa hovlilari biroz buzilib ketgan.
Arxelogik topilma tuman markazidagi S.Tolstov nomidagi muzeyga topshirildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?