11:35 / 23.02.2018
9 387

To‘rtta rahbar beshta bo‘ldi. Prezident yana MXXni tanqid qildi

To‘rtta rahbar beshta bo‘ldi. Prezident yana MXXni tanqid qildi
Kuni kecha, 22 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida mamlakatga xorijiy turistlar oqimini ko‘paytirish va ichki turizmni yanada rivojlantirish, sayyohlik xizmatlarini yaxshilash va turlarini kengaytirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar natijadorligi tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda qatnashgan «Xabar.uz» axborot-tahliliy portali vakilining ma’lumot berishicha, davlat rahbari Milliy xavfsizlik xizmatini yana tanqid qilgan. Prezident viloyat va tuman(shahar)lardagi beshta rahbar kabinetda qo‘r to‘kib o‘tirmasligi, xalqning orasida yurishi lozimligi, hududning rivoji yo‘lida bir musht bo‘lib ishlashi kerakligini alohida ta’kidlagan. “Bo‘ldi endi kabinetda o‘tirib birovlarning orqasini poylashing! Unaqa davr o‘tdi-ketdi. Mamlakatni rivojlantirish kerak, odamlarning ishonchini qozonish kerak, Vatan va xalq uchun ishlash kerak”, deya ta’kidlagan Prezident.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev yaqin-yaqingacha viloyat, tuman(shahar)dagi ahvol uchun 4 ta rahbar, ya’ni hokim, prokuror, soliq va ichki ishlar rahbari javob berishini ta’kidlab kelayotgan, qayerda kamchiliklar aniqlansa, ana shu “to‘rtlik”ni ishdan olayotgan edi. Davlat rahbarining Buxoro viloyatidagi tashrifi chog‘ida “to‘rtlik” atamasi “beshlik”ka o‘zgardi, ushbu ro‘yxatga Milliy xavfsizlik xizmatining viloyat, tuman(shahar)dagi boshqarma(bo‘lim)lari rahbarlari ham qo‘shildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » To‘rtta rahbar beshta bo‘ldi. Prezident yana MXXni tanqid qildi