Gap G‘ijduvon tumani Gajdumak mahalla fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qiluvchi Yulduz Usmonova haqida bormoqda. Uning huzuriga o‘tgan yil kuz kunlarining birida ikki notanish ayol keladi.
“Eski paltolarning yoqasini, tanga, tilla taqinchoqlar sotib olamiz” deyishadi ular. Yulduzning qulog‘idagi zirak so‘zamol ayollarning e’tiborini tortadi.
— Singiljon, xohlasangiz, ziragingizning tilla yoki tilla emasligini bir zumda aniqlab beramiz, — deydi ularning biri.
Kutilmagan mehmonlarning gaplariga mahliyo bo‘lib qolgan uy bekasi ziragini yechib, uzatadi. “Hojatbarorlar” uni qandaydir suyuqlikka botirishadi. Sirg‘a qorayib qoladi. Shu tariqa Yulduz ularga ikki juft ziragi va tilla zanjirini ham chiqarib beradi. Suyuqlikka tushgach, ular ham qoramtir tusga kiradi. Shunda o‘zini “Nafisa” deb tanishtirgani qoraygan taqinchoqlarni ikki soat ichida tozalab keltirib beramiz, deydi va o‘zining ziragini Yulduzga garov tariqasida qoldiradi.
Notanish mehmonlar ikki tugul besh-olti soatdan keyin ham qaytib kelishmadi. He yo‘q, be yo‘q, 1 million 600 ming so‘mlik 2 juft ziragi va bahosi 1 million so‘mlik tilla zanjiridan ayrilgan uy bekasining yuragiga qil ham sig‘may qoldi. Halovatini yo‘qotgan ayol ichki ishlar boshqarmasiga murojaat qildi.
Qidiruv ishlari boshlab yuborildi. Firibgar ayollar qayoqqa ham qochib borishardi. Ularni topishdi. Soddadil Yulduz Usmonovani chuv tushirganlar Farg‘ona vodiysidan bo‘lgan S. D. va X. S.lar ekani ma’lum bo‘ldi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Yulduz-chi, dersiz. U uchun bu bir saboq bo‘ldi. Aks holda yetti yot kishilarning nayrangiga uchib, pand yeb qolmagan bo‘lardi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi