13:12 / 03.03.2018
6 081

Yo‘l harakati qoidalari buzilishiga doir ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish tartibiga o‘zgartirish kiritildi

Yo‘l harakati qoidalari buzilishiga doir ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish tartibiga o‘zgartirish kiritildi
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan Yo‘l harakati qoidalarining buzilishiga doir ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritildi.

1. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2011 yil 31 maydagi 68-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2240, 2011 yil 5 iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011 y., 27-son, 286-modda) bilan tasdiqlangan Yo‘l harakati qoidalarining buzilishiga doir ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritildi.

2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Yo‘l harakati qoidalarining buzilishiga doir ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning 45-bandiga kiritilayotgan qo‘shimcha va o‘zgartirish:

1. Quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan to‘ldirildi:

“shaxs harakatni jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud qo‘rqitish natijasida qilgan bo‘lsa;”;

oltinchi — o‘n birinchi xatboshilar tegishlicha yettinchi — o‘n ikkinchi xatboshilar deb hisoblanadi.

2. O‘n ikkinchi xatboshidagi “7.1” raqami “25”raqami bilan almashtirildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yo‘l harakati qoidalari buzilishiga doir ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish tartibiga o‘zgartirish kiritildi