Butun insoniyatga odob-axloq masalasida o‘rnak etib yuborilgan payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v) kundalik xatti-harakatda qanday edilar? Odamlar bilan bo‘ladigan muomalada, turmush holatlarida o‘zlarini qanday tutganlar? Bu borada hadis kitoblarida, ulamolar tomonidan yozilgan asarlarda mufassal va mukammal ta’rif berilgan.
Mehrob.uz sayti ana shu kitoblardan umumiylashtirgan holda Rasul alayhissalomning obod va axloqlari haqida qisqa, lo‘nda va oson tushunadigan holda ma’lumot taqdim etdi.
1. Payg‘ambarimiz alayhissalom hojatsiz narsalar haqida gapirmasdilar.
2. Doim fikrda yurardilar.
3. Allohning ne’matlarini mayda bir uvoq bo‘lsada buyuk sanardilar.
4. Nafsiga g‘azab qilmasdilar, yordam ham bermasdilar.
5. Bema’ni gapirgan kimsadan yuz o‘girardilar.
6. Biror kimsadan suyunchli xabarlarni berkitmasdilar.
7. So‘zlarini lafzi oz, ma’nosi chuqur edi.
8. Royish (ko‘ngilchang) edilar.
9. Hammani bir xil ko‘rib, ularni ajratmasdilar.
10. Inson hurmatini joyiga qo‘yardilar.
11. Hissiyotini ko‘rgan kimsa qo‘rqardi, ma’rifatiga aralashgan kimsa, sevib qolardi.
12. O‘tirganda, turganda zikr qilardilar.
13. Biror kimsaning gapini bo‘lmasdilar.
14. Yaxshilik qilishda, mayin shabadadan ham saxiyroq edilar.
15. Faqirlikdan qo‘rqmaydigan insonga hadya berardilar.
16. Yomonlik qilganga yomonlik bilan javob qilmay, kechirib yuborardilar. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»