21:01 / 06.03.2018
7 988

Namanganda hojatxonaga tashlangan chaqaloq qutqarib qolindi

Namanganda hojatxonaga tashlangan chaqaloq qutqarib qolindi
Namangan viloyatining Norin tumanida chaqaloq qutqarib qolindi, deb xabar bermoqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, Norin tumanida 5 mart kuni soat 14.00larda “Toshloq grand” fermer xo‘jaligi bog‘ida yollanib ishlayotgan Uchqo‘rg‘on tumani Shahrixonchek mahallasida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan B.X.ni to‘lg‘oq tutib qolishi oqibatida, bog‘dagi hojatxonada qiz bola chaqaloqni tug‘ib, uni qasddan o‘ldirish maqsadida, hojatxonaga tashlab yuborgan.

Chaqaloq yig‘isini eshitgan shu bog‘ ishchisi A.To‘lashev chaqaloqni qutqarib qolgan. Chaqaloq tuman markaziy tug‘ruqxonasiga yotqizilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan shahridagi chiqindixona oldidan chaqaloq jasadi topilgani xabar berilgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namanganda hojatxonaga tashlangan chaqaloq qutqarib qolindi