
Toshkent shahrida ikki bezori militsiya xodimini kaltakladi, bu haqda O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati xabarida aytilgan.
“Toshkent shahrining Sergeli tumanida 5-mart kuni soat kech soat 23.15larda Sputnik dahasida yashovchi 1992 yilda tug‘ilgan I.Kazlinka va 1976 yilda tug‘ilgan S.Sheyklar Yo‘ldosh 2-daha xududida joylashgan ”Kim-chi“ kafesi oldida shu xududda xizmat olib borayotgan Sergeli tuman IIB profilaktika inspektori, katta leytenant X.Mirzaqulovning qonuniy talablariga bo‘ysunmay qarshilik ko‘rsatib, tan jarohati yetkazganlar”, — deyiladi xabarda.
Natijada katta leytenant X.Mirzaqulovga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Kazlinka va Sheyklar qo‘lga olingan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar