14:22 / 07.03.2018
6 108

IIV: 5 martdan boshlab O‘zbekistonda maxsus tadbir o‘tkazila boshlandi

IIV: 5 martdan boshlab O‘zbekistonda maxsus tadbir o‘tkazila boshlandi
Joriy yil 5 martdan boshlab ichki ishlar organlari tomonidan respublika miqyosida qurol-yarog‘ va xavfli moddalarning noqonuniy muomalasini oldini olishga qaratilgan maxsus tadbir o‘tkazilayotgan bo‘lib, tadbirlar 15 martga qadar davom etadi. Bu haqda chorshanba kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz!
Tegishli ruxsatnomasiz o‘qotar qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravishda egalik qilish O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 248-moddasi bilan nazarda tutilgan jinoiy javobgarlikka tortilishiga sabab bo‘ladi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 248-moddasining 4-qismi hamda Ichki ishlar vazirligining 2017 yil 14 avgustdagi 179-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Muomalada bo‘lgan ro‘yxatga olinmagan o‘qotar qurol va uning o‘q-dorilarini, portlovchi moddalar va portlatish qurilmalarini ichki ishlar organlari ixtiyoriga topshirish Qoidalarining 2-bandiga muvofiq bunday o‘qotar qurolni, o‘q-dorilarni, portlovchi moddalar va portlatish qurilmalarini erkin tarzda o‘z ixtiyori bilan topshirgan fuqaro qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikdan ozod qilinishi belgilangan.

Ushbu hujjatlarga asosan fuqaro o‘qotar qurolni, o‘q-dorilarni, portlovchi moddalar va portlatish qurilmalarini erkin tarzda o‘z ixtiyori bilan topshirish to‘g‘risida qarorga kelsa va uning o‘zi ushbu ashyolarni topshirish haqida ichki ishlar organlariga yozma yoki og‘zaki ravishda murojaat qilsa, u ashyolarni o‘z ixtiyori bilan topshirgan hisoblanadi.

O‘zlarida noqonuniy saqlanib kelinayotgan o‘qotar qurolni, o‘q-dorilarni, portlovchi moddalar va portlatish qurilmalarini o‘z ixtiyori bilan topshirishga istak bildirgan fuqarolar yozma yoki og‘zaki ravishda ariza bilan bevosita yoki telefon orqali yoki o‘zga elektron vositalardan foydalangan holda, shuningdek o‘zining yashash joyi yoki o‘qotar qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar va portlatish qurilmalar saqlanayotgan joy bo‘yicha hududiy ichki ishlar organlariga yoki profilaktika inspektoriga murojaat qilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » IIV: 5 martdan boshlab O‘zbekistonda maxsus tadbir o‘tkazila boshlandi