21:30 / 08.03.2018
6 434

Erkakda or, ayolda nomus bo‘lmasa...

Erkakda or, ayolda nomus bo‘lmasa...
Turkiyadagi universitetlardan birida o‘qiyman, o‘qishdan bo‘sh paytlarimda esa tarjimonlik bilan shug‘ullanaman. Har safar o‘zbekchaga tarjima qilish uchun sud materiallari kelsa, tanishishga kirishishdan avval yuragim birrov g‘ijimlab qo‘yadi. “Ishqilib...” deb o‘qishga kirishaman va 99 foiz hollarda gumonim to‘g‘ri bo‘lib chiqadi. Chunki menga kelgan sud materiallarining 99 foizi o‘zbekistonlik ayollar haqida bo‘ladi. Fohishabozlik va qo‘shmachilik bilan shug‘ullanganlaru muttahamlik qilganlarni aytaymi yoki tug‘ib qo‘yib bolasini tashlab ketganlarnimi?.. Ayniqsa “Antaliya” degan so‘z yozilgan bo‘lsa, tamom, gumon qilib o‘tirishimga hojat yo‘q: ish fahsh haqida.

Hozirgi kunda Turkiyadan tashqari yana allaqancha mamlakatlarda o‘zbekistonlik ayollar fohishabozlik bilan shug‘ullanib yurgani hech kimga sir emas. Xavotirim shuki, biz suyuqoyoq ayollarni eksport qiladigan o‘lkaga aylanib qolmayapmizmi?..

Men uzundan-uzoq pand-nasihat qilmoqchi emasman (bunga ma’naviy haqqim bor deb ham hisoblamayman). Bularni bir o‘zbek, bir musulmon sifatida azbaroyi kuyinganimdan yozyapman. Aslida ortiqcha gapga hojat yo‘q: erkakda or, ayolda nomus bo‘lmasa, ulardan har qanday tubanlik va uyatsizlikni kutish mumkin.

Iltimosim, qanday qilib or va nomusli bo‘lish haqida o‘ylaylik.

Yaxshilab o‘ylaylik. Do‘ppini bir chetga qo‘yib, takror va takror o‘ylaylik, toki kun kelib pushaymonlik girdobida qolmaylik.
Ubaydulloh ADHAMOV

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Erkakda or, ayolda nomus bo‘lmasa...