7 263
Agrepina Shin va Shahnoza Mirziyoyeva “O‘zekspomarkaz”dagi ko‘rgazmada ishtirok etishdi (foto)
Maktabgacha ta’lim vazirligi tashabbusi bilan «Uzekspomarkaz»da “Nurli kelajak Expo-2018” ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi.
Ko‘rgazmadan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanida Maktabgacha ta’lim vaziri Agrepina Shin, Maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva ishtirok etdi, deb yozadi Darakchi nashri.
Ko‘rgazmada Qoraqalpog‘iston respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardan oziq-ovqat, mebel, didaktik o‘yin va o‘yinchoqlar, sport va tibiyot anjomlari, musiqa asboblari, oshxona asbob-uskunalari, yengil sanoat, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi 250 dan ortiq korxona va tadbirkorlik sub’ektlari ishtirok etmoqda.
Ushbu ko‘rgazmani tashkil etishdan asosiy maqsad, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari uchun oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalardan to‘g‘ridan to‘g‘ri xarid qilishni yo‘lga qo‘yish hamda korxonlar tomonidan ishlab chiqariladigan o‘yinlar va o‘yinchoqlar, mebellar va boshqa jihozlarning sifati, shakli, dizayni, qulayligi, zamonaviyligi va havfsizligini o‘rganishdan iboratdir. Qolaversa, mazkur ko‘rgazma davomida oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalarni imzolanishi ham rejalashtirilgan.
Ko‘rgazmada oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib beruvchi kompaniyalar va tadbirkorlik sub’ektlari 90 dan ortiqni tashkil etmoqda. Toshkent shahri, Toshkent, Namangan, Farg‘ona, Andijon, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlaridan 80 dan ortiq mebel ishlab chiqaruvchi kompaniyalar ham o‘z mahsulotlarini ko‘rgazmada namoyish etishmoqda.
Mazkur ko‘rgazma maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari uchun oziq-ovqat mahsulotlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlab chiqaruvchi korxonalar, shuningdek o‘yinlar va o‘yinchoqlar, mebellar va boshqa jihozlarni ishlab chiqaruvchilarni tanlash imkoniyatini yaratadi.
Ko‘rgazma davomida O‘zbekiston Oshpazlar uyushmasi tomonidan bog‘chalarga mo‘ljallangan taomlarni pishirish bo‘yicha master-klasslar ham o‘tkazish rejalashtirilgan. Ko‘rgazma 14 martga qadar davom etadi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin