Toshkent shahar Olmazor tumanidagi “Sokinsoy” oshxonasi oldidan o‘tuvchi yo‘l yuzida Shorasulov Shamsiddin Shorasulovich o‘z qaynotasiga nisbatan dahshatli qotillikni sodir qilgan. Ushbu jinoyat ishi to‘g‘risida UzNews ma’lum qildi.
2017 yilning 21 oktyabr kuni soat taxminan 16:30da, 1990 yil 26 oktyabr kuni tug‘ilgan Shamsiddin Shorasulov o‘z rafiqasi bilan bo‘lgan oilaviy kelishmovchiliklarning alamini qaynotasidan oldi.
U 58 yoshli o‘z qaynotasini o‘zaro gaplashib olish uchun chaqirib, aslida esa oldindan uni o‘ldirish maqsadida tayyorgarlik ko‘rib, ro‘zg‘or pichog‘i bilan qurollanib, qaynotasi Q.R. Ziyayev bilan uchrashgan vaqtda uning tanasiga 10 dan ortiq zarba bergan.
Natijada, qaynota Q.R. Ziyayev inson hayoti uchun xavfli bo‘lgan organlariga yetkazilgan ko‘plab tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.
Bu mudhish jinoyat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ushbu ish yuzasidan olib borilgan tergov-surshtiruv ishlari natijasida, fuqaro Qurbonov Sa’dulla Salimovich ham jinoyat ishiga ayblanuvchi sifatida jalb qilingan.
Sababi esa, Sa’dulla Qurbonov o‘zining do‘sti Shamsiddin Shorasulovning jinoyatiga yordam bergan holda, ayrim ashyoviy dalillarni qasddan yo‘q qilishga erishadi. Ya’ni, Shamsiddin Shorasulov do‘stiga qaynotasini o‘ldirgani va qonga belangan kiyimlari hamda jinoyatning asosiy quroli bo‘lgan pichoqni yo‘qotishni so‘raganda, Sa’dulla bu haqda tegishli huquq tartibot idoralariga xabar bermagan, bu holatni yashirganligi aniqlangan.
Ushbu mudhish qotillik Olmazor tumani Jinoyat ishlari sudida ko‘rib chiqildi va aybdorlarga nisbatan hukm o‘qildi.
“UzNews.uz” ushbu sud jarayonida ishtirok etdi.
Sud jarayonida kamdan-kam kuzatiladigan bir holat sodir bo‘lganini alohida aytish kerak, ya’ni sudlarning o‘z qarorlari, ya’ni qonuniy qarorlari qabul qilinayotganiga guvoh bo‘ldik. Ushbu sudda ishtirok etgan Olmazor tumani Prokurori o‘rinbosari Davron Abdullayev ayblanuvchiga nisbatan 12 yillik qamoq jazosi berilishini so‘ragan bo‘lsa-da, maslahatda qolgan sud ayblanuvchiga nisbatan 14 yillik qamoq jazosi tayinladi.
Jinoyat ishining “o‘ta nozikligi”, bu jinoyat ishida oilaviy nizo, munosabatlar, kuyovning o‘z qaynotasini o‘ldirganligi inobatga olingan holda, ushbu sud jarayonida shaxsan Olmazor tumani Jinoyat ishlari bo‘yicha sudining rahbari Bobonov Zafar Quvondiqovich raislik qilganini ham alohida ta’kidlash kerak.
“UzNews.uz” bu borada, ushbu jinoyat ishi yuzasidan, Olmazor tumani Jinoyat ishlari bo‘yicha sudi raisi Zafar Bobonovning fikrlari bilan ham qiziqdi.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin