O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14 mart kuni qishloq xo‘jaligi mashinasozligini rivojlantirish va sohani zamonaviy texnika bilan ta’minlash borasidagi ishlar natijadorligiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Prezidentning 2016 yil 17 noyabrdagi «O‘zagrotexsanoatxolding» aksiyadorlik jamiyati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori asosida qishloq xo‘jaligi mashinasozligi tizimi qayta tashkil etildi.
2017 yilda qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqarish va lizing xizmatlari 1,7 marta, mexanizatsiya xizmatlari 2,5 barobar ortdi.
Yig‘ilishda qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarish, servis xizmatini yaxshilash, importni optimallashtirish, eksportni kengaytirish bo‘yicha muayyan kamchiliklar mavjudligi, qishloq xo‘jaligi texnika bilan 85 foiz ta’minlangani, ularning ma’lum qismi eskirgani, ularni o‘z vaqtida yangilash choralari ko‘rilmagani qattiq tanqid qilindi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida ijrosini nazorat qilmagani uchun bosh vazir o‘rinbosari — «O‘zagrotexsanoatxolding» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Nodir Otajonovga hayfsan berildi. Ishda yo‘l qo‘ygan sustkashliklari uchun «O‘zagrotexsanoatxolding» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi o‘rinbosarlari — «O‘zagroservis» aksiyadorlik jamiyati bosh direktori R. Ahmedov, «O‘zagrolizing» aksiyadorlik jamiyati bosh direktori X. Imamov, Vazirlar Mahkamasi Axborot-tahlil departamenti mudiri A. Rafiqov egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.
Bu boradagi kamchiliklarni bartaraf etish, sohani rivojlantirish maqsadida 2018–2021 yillarda qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarish va yetkazib berish bo‘yicha dastur ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.
Bahorgi agrotexnika tadbirlari uchun rejalashtirilgan texnikani to‘liq yetkazib berishni qattiq nazoartga olish, mashina-traktor parklari tizimini takomillashtirish zarurligi ta’kidlandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?