O‘zbekiston va Qozog‘iston turistlar uchun ikkala davlat hududida ham amal qiladigan multiviza joriy etish haqida muzokaralar olib bormoqda, deb xabar qildi Qozog‘iston madaniyat va sport vaziri Arыstanbek Muxamediul.
Ushbu masala Ostonada 14 mart kuni ikki davlatning hukumatlararo komissiyalari majlisida muhokama qilindi.
“Biz hozir O‘zbekistonga kirish uchun berilgan vizalar Qozog‘iston hududida ham amal qilishi ustida ishlayapmiz. Qozog‘istonga kelgan turistlar esa – qozoq vizasi bilan O‘zbekistonga borishi mumkin bo‘ladi”, — dedi Muxamediulы hukumatlararo komissiya majlisidan keyin.
Vazir aytishiga qaraganda, ko‘p hollarda Qozog‘istonga kelgan sayyohlar O‘zbekiston tarixiy obidalarini tomosha qilish istagini bildirishadi. O‘zbekistonga kelgan sayyohlar esa Xo‘ja Yahmad Yassaviy maqbarasi va Ostonani tomosha qilishni xoxlaydi.
Ushbu turdagi vizalar amal qilishni boshlashi uchun ikki mamlakat Hukumatlari taaluqli qarorlarni qabul qilishlari kerak.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yil Qozog‘istonda O‘zbekiston yili deb e’lon qilingan. Yil davomida Qozog‘istonda iqtisodiyot, turizm va madaniyat sohasida 200 dan ortiq tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Manba: Sof.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin