
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Advokatlar palatasi hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda Telegram tarmog‘ida “Tezkor advokat” dasturini tayyorlab ishga tushirdi.

Unga ko‘ra “Tezkor advokat” yozuvini kiritib bosh sahifaga o‘tilganda, fuqarolarga 5ta faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha (jinoiy, fuqaroviy, iqtisodiy, ma’muriy, YXX) advokatlarni tanlab olish hamda ularga to‘g‘ridan to‘g‘ri telefon orqali bog‘lanish imkoniyati yaratildi.
Dastur kun davomida har bir yo‘nalish bo‘yicha eng ko‘p murojaatlar kelib tushgan advokatlar reytingini shakllantirib, uni alohida beshtalikka kiritib boradi. Ushbu beshtalikka ham to‘g‘ridan to‘g‘ri telefon orqali aloqaga chiqish imkoniyati yaratilgan.
Endilikda viloyatdagi fuqarolar huquqiy maslahat olish uchun advokat huzuriga borishi, ortiqcha vaqt sarflashiga chek qo‘yiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar