6 830
Qizining tanasini kuydirib, uni ayovsiz kaltaklagan ayol ozodlikdan mahrum etildi (video)
2017 yilning 28 noyabrida 6 yoshli Mubina Tojiboyeva Qashqadaryo viloyati Nishon tumani Paxtazor MFYdagi dala-hovlida ota-onasi tomonidan qarovsiz qoldirib ketilgan. Bu haqda «Sevimli TV»ning «Zamon» axborot dasturida xabar qilindi, deb yozadi UZ24.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudi sudyasi Bobur Imomovning ma’lum qilishicha, IIB xodimlari tomonidan qizaloq achinarli ahvolda — tanasiga turli darajadagi jarohatlar yetkazilgan holatda topilgan. Olib borilgan sud-tergov jarayonida ushbu jinoyatni uning onasi Dilafro‘z Tojiboyeva sodir etganligi aniqlangan.
Xabarda aytilishicha, ayol hech bir sababsiz o‘z farzandini ayovsiz kaltaklab kelgan, tanasini olov bilan kuydirib, bu qilmishini qizining kasalligi bilan xaspo‘shlashga uringan.
Qizaloqning so‘zlariga ko‘ra, onasi uning qo‘llarini bog‘lab, qiynoqqa solgan, tanasini yondirgich bilan yoqib, tuz sepgan va pichoq bilan kesgan.
Qarshi shahrida o‘tkazilgan sayyor sud majlisida fuqaro Dilafro‘z Tojiboyevaga nisbatan yuritilgan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Sud hukmi bilan ayol 8 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
Mubina Tojiboyeva ayni vaqtda Kitob tumanidagi 5-sonli Mehribonlik uyida tarbiyalanmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi