5 118
Toshkent yuridik kolleji sobiq direktorining jinoyat ishi bo‘yicha sud jarayoni boshlandi
2018 yil 16 mart kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tumani sudida Toshkent yuridik kolleji sobiq direktori N.Temirovaning jinoyat ishiga oid sud jarayoni boshlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Ma’lumki, Toshkent yuridik kolleji o‘quvchilari dars vaqtida kollej hovlisida o‘zaro janjallashib, pichoqbozlik qilishi oqibatida ularning biri vafot etgani, biri esa og‘ir tan jarohati olgani ko‘pchilikning qalbini larzaga solgan edi.
Prezidentimiz ham bu voqeaga e’tibor qaratib, kollej sobiq direktori Temirova ushbu holatga yo‘l qo‘ygani hamda juda ko‘p miqdorda kollej mablag‘larini o‘zlashtirish, mansabini suiiste’mol qilish kabi jinoyatlarni sodir etgani uchun bugun qonun oldida javob beryapti, deb qayd etgan.
Sodir bo‘lgan mudhish voqeadan keyin Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan mazkur kollejda tekshirish o‘tkazdi. Natijada bu o‘quv maskanida boshqa jinoyatlar sodir bo‘layotgani ham aniqlandi va jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.
Mazkur jinoyat ishiga aloqador bo‘lgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan aylanayotgan N.Temirovaga nisbatan 2017 yil 25 noyabr kuni qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Sud jarayoni tafsilotlari bilan saytimiz orqali tanishtirib boramiz. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»