20:26 / 16.03.2018
4 051

YXHB xodimlarining daraxt va to‘siqlar ortiga berkinishi to‘xtadimi?

YXHB xodimlarining daraxt va to‘siqlar ortiga berkinishi to‘xtadimi?
Fuqaro YHX inspektorlariga daraxt va boshqa tusiqlar ortida turib, yashirincha xizmat olib borish taqiqlandi, amaldachi?”- degan savol bilan murojaat qildi.

YHXB tomonidan holat o‘rganilganida, savolga ilova qilingan fotosuratdagi xodim Toshkent shaxar IIBB YHXB xodimi 2015 yilning aprel oyidan buyon YPX inspektori lavozimida ishlamayotganligi, aynan yuqoridagi savolga ilova qilingan fotosurat bundan 3-4 yil muqaddam tasvirga tushirilgan bo‘lib, o‘sha vaqtlarda internet tarmoqlarda noma’lum shaxs tomonidan joylashtirilganligi, ushbu shaxs bilan shu vaqtda bog‘lanishga bo‘lgan urinishlar besamar ketganligi, tarmoqqa joylashtirilgan fotosurat esa butun shaxsiy tarkib o‘rtasida muxokama qilinganligi aniqlandi.

Toshkent shaxar IIBB YHXB va uning quyi tizimlarida rahbar xodimlar tomonidan kundalik o‘tkaziladigan xizmatoldi yo‘riqnomalarda shaxsiy tarkibga O‘zbekiston Respublikasining qonunlari va IIV ning tegishli me’yoriy buyruqlari talablaridan chetga chiqmagan holda xizmat olib borishlari, fuqarolar bilan xushmuomilada bo‘lishlari uqtirilib, fuqarolarda ichki ishlar xodimlariga nisbatan salbiy fikrlarni paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladigan xatti-harakatlarni sodir qilmaslik borasida tegishli ko‘rsatmalar berib kelinayotganligini ma’lum qilamiz.

Shu bilan birga, YHXB ijtimoiy tarmoq a’zolaridan ishonchli ma’lumotlarni yuborishlarini, tarqatishlarini va muallif anonimligidan foydalanib, “tuhmat” va “haqorat qilish” xatti- harakatlarni qilmasliklarini so‘radi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » YXHB xodimlarining daraxt va to‘siqlar ortiga berkinishi to‘xtadimi?