Namangan shahridagi Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida Navro‘z bayrami tantanalari doirasida 20-21 mart kunlari birinchi marta tashkil etiladigan “Sumalak sayli” turizm va milliy qadriyatlar festivalida 5 tonnalik sumalak tayyorlanishi haqida xabar bergan edik.
Ayni paytda bahor taomi uchun ishlatiladigan masalliqlar tayyorlanmoqda. Jumladan, 2 tonna bug‘doy ivitilib, undirishga qo‘yildi. Bug‘doydan tashqari, sumalakni tayyorlash uchun 2 tonna un, 1 tonna yog‘, 450 kilogramm zog‘ora uni, 50 kilogramm novvot ishlatiladi. O‘tgan yili 7 tonna palov damlangan mashhur o‘choq-qozon “xizmatda bo‘ladi”. Sumalakni pishirishga katta tajribaga ega 25 nafar onaxon jalb etilgan.
Mazkur sumalakni tayyorlanish jarayonlari aks etgan videoroliklarni quyidagi 1-HAVOLA va 2-HAVOLA orqali ko‘rishingiz mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi