Foto: «President.uz»
Navro‘z mintaqamiz xalqlarining qadimiy va umumiy bayramidir. Uning mohiyatida do‘stlik, ahillik, bag‘rikenglik, yaxshi qo‘shnichilik kabi olijanob fazilatlar o‘z ifodasini topgan. Xalqimiz azaldan bu bayramni do‘stu yaqinlari, qon-qardoshlari bilan birga nishonlagan.
O‘tgan yili Navro‘z kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasiga davlat tashrifi bilan borgan edi.
Bu yil Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev O‘zbekiston xalqini Navro‘z bilan tabriklash maqsadida Samarqand shahriga tashrif buyurdi.
Oliy martabali mehmonni Prezident Shavkat Mirziyoyev kutib oldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Samarqand shahridagi Forumlar majmuasida ikki davlat rahbarlarining uchrashuvi bo‘ldi.
Qardosh o‘zbek va qozoq xalqlari azaldan yonma-yon yashagan, yaxshi kunlarda ham, qiyinchilik damlarda ham bir-birini qo‘llab-quvvatlagan. Bunday do‘stlik va ahillik bugungi kunda xalqlarimiz o‘rtasidagi aloqalarga mustahkam asos bo‘lmoqda.
Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev tashabbusi bilan O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarildi. Mamlakatlarimiz vazirlik va idoralari, hududlari o‘rtasidagi aloqalar faollashdi. Transport yo‘laklari ochilib, temir yo‘l va avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi.
Madaniy-gumanitar hamkorlik kengaydi. San’at va madaniyat namoyandalari, shoir va yozuvchilar ikki mamlakatdaga ko‘rgazma va festivallar, madaniy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etmoqda. 2018 yil Qozog‘istonda O‘zbekiston yili o‘tkazilayotgani xalqlarimiz o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Prezidentlar mintaqa davlatlari, xususan, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi samimiy munosabatlar har qachongidan ham mustahkamlanib borayotganini qayd etib, chegaralardagi yengilliklar ikki mamlakat xalqlarining o‘zaro bordi-keldisi uchun keng yo‘l va imkoniyatlar ochgani, bunda eng katta maqsad bo‘lgan xalqlarimiz roziligiga erishilganini ta’kidladilar.
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati yuqori baholandi, uni yanada rivojlantirishga oid masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Nursulton Nazarboyev va Shavkat Mirziyoyev Hazrati Xizr majmuasiga tashrif buyurib, mustaqilligimiz asoschisi Islom Karimov qabrini ziyorat qildi. Birinchi Prezidentimiz qabriga gul qo‘yib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirdilar. Qur’on tilovat qilindi.
Qozog‘iston Prezidenti davlatimiz rahbari hamrohligida Samarqandning diqqatga sazovor joylarini tomosha qildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»