
Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida qariyb 6 kilogramm marixuana topildi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Qayd etilishicha, 16 mart kuni IIBga tushgan ma’lumotga ko‘ra, “Achchiqqo‘l” dahasi 42-uyda yashovchi, 1969 yilda tug‘ilgan B.Q. boshqaruvidagi “Matiz” rusumli avtomashina Charxiy ko‘chasida tekshirilganida, haydovchi o‘rindig‘i ostidan polietilen qopga solingan 5 kilogramm 817 gramm “marixuana” giyohvandlik moddasi topilib, daliliy ashyo sifatida olingan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar