Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan videodan so‘ng haydovchi jazolandi

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan videodan so‘ng haydovchi jazolandi
Foto: Toshkent shahar YHXB
Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda “Spark” haydovchisi yo‘lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomoniga chiqib harakatlangani haqida videolavha tarqaldi.

Mazkur holatda Qumariq ko‘chasida “Spark” rusumli transport vositasi haydovchisi Yu.R. yo‘lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomoniga chiqib harakatlangani aniqlandi. Bu haqda Toshkent shahar YHXB xabar berdi.

“Spark” haydovchisiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128x5-1-moddasiga (jarimasi EKIH 10 barobari miqdorida) asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar