13:50 / 03.04.2018
6 232

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: “Bid’at amallar kishini xarob etadi...” (video)

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: “Bid’at amallar kishini xarob etadi...” (video)
Foto: Muslimaat.uz
To‘y va marosimlarda mavjud bid’at amallarning foydasidan ko‘ra ziyoni ziyodligi haqida ko‘p gapirilgan. Chunki har bir amalni yaxshi niyatla boshlamaslik uning yakuni barbod bo‘lishiga olib keladi. Aynan mana shu bid’at amallar haqida bir mavi’zalarida Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari shunday degan edilar. Bu haqda Kun nashri ma’lum qilmoqda.

“Hozir to‘y marosimlarida sunnatdan ko‘ra, ko‘proq bid’atga berilib ketishgan. Bu haqda kechasiyu, kunduzi gapirsangiz ham oz. Misol qilib, nikoh to‘ylarini oladigan bo‘lsak, sunnatga g‘irt teskari... Islom ta’limoti bo‘yicha ertalab sovchi bo‘lib boradi, qizning qo‘lini so‘raydi, u taraf rozi bo‘lishsa, qizga mahr beradi. Shundan so‘ng qizni joy bilan ta’minlaydi, joyni jihozlaydi, uning barcha sarf-xarajatini o‘z zimmasiga oladi. Qiz taraf esa qizini shu xonadonga berishga rozi bo‘lganiga tashakkurlar eshitib, huzurlanib uyda o‘tirishi kerak. Qiz borgach, uning barcha ta’minoti erining zimmasida – bu vojib, uni ado etishi lozim.

Hozir-chi? Qizni topib, sovchi bo‘lib borganidan keyin, qiz tomonning qanday mebel qilishini kuyov tomon buyuradi. Kuyovning ichki kiyimigacha olmasa, qizdan yuz o‘giriladi. Bid’at bu... Ayollar boyroq odamlarning uyiga borib, tilanishib yurishadi, Hayitga qizimga tog‘ora qilishim kerak deb. Elektrining pulini to‘lagani yo‘q, gazining puli to‘lanmagan, o‘zi och... Lekin agar qiziga tog‘ora qilmasa, u yoq qizini haqorat qiladi.

Biz bu ishlarni tushunishimiz, foyda-zararini ajratishimiz lozim. Shariatga muvofiq ish qilishimiz kerak. Bunday bid’at amallar musulmon odamga to‘g‘ri kelmaydi”.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: “Bid’at amallar kishini xarob etadi...” (video)