11:10 / 10.04.2018
6 952

O‘zbekistonda 1 maydan boshlab ayrim toifadagi fuqarolar xorijga chiqolmaydi

O‘zbekistonda 1 maydan boshlab ayrim toifadagi fuqarolar xorijga chiqolmaydi
“Yetkazilgan energiya resurslari, suv ta’minoti va suv chiqarish xizmati, shuningdek ijro hujjatlari bo‘yicha to‘lov intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori loyihasi tayyorlandi. Loyihaga ko‘ra, 2018 yil 1 maydan boshlab yetkazilgan energiya resurslari, suv ta’minoti va suv chiqarish xizmati, shuningdek ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorlarning hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar bazasi joriy etiladi.

Ma’lumotlar bazasiga yuqorida qayd etilgan xizmatlarning har biridan qarzdorlik miqdori jismoniy shaxslar uchun eng kam oylik ish haqining 2 baravaridan yuqori, yuridik shaxslar uchun eng kam oylik ish haqining 5 baravaridan yuqori bo‘lgan qarzdorlar kiritiladi.

Qarzdorlarga bank xizmatlari (omonatlarni jalb etish va mikroqarz berish bundan mustasno), sug‘urta xizmatlari, shuningdek lizing xizmatlarini ko‘rsatish hamda qarzdorlarning xalqaro yo‘lovchi tashish xizmatlaridan foydalangan holda O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqishi ta’qiqlanadi.

Vaqtinchalik cheklovlar qarzdorlar ma’lumotlar bazasiga kiritilgan vaqtdan boshlab ma’lumotlar bazasidan chiqarilgunlariga qadar amal qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda 1 maydan boshlab ayrim toifadagi fuqarolar xorijga chiqolmaydi