O‘zbekiston shaharlarida va aholi punktlarida ruxsat berilgan maksimal tezlik yil oxirigacha 70 dan 60 km/soatgacha pasaytirilishi mumkin. Bu jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan, 2018—2022 yillarda mamlakatda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash konsepsiyasi loyihasida ko‘zda tutilgan, deb yozadi «Gazeta.uz».
O‘zbekistonda amalda bo‘lgan Yo‘l harakati qoidalari turar joy zonalari va ularga yondosh hududlarda tezlikni 30 km/soat etib cheklaydi, ammo belgilar, harakatni sekinlashtirish vositalari va nazorat yo‘qligi sababli ushbu talab ko‘pincha buziladi. O‘zbekistonda maktab va bog‘chalar yaqinida tezlikni cheklash bo‘yicha talablar yo‘q, hududlardagi mahalliy hukumat ushbu masalani mustaqil tarzda nazorat qiladi.
O‘zbekiston Yo‘l harakati qoidalari mahalliy hukumatga agar yo‘l sharoitlari xavfsiz harakatni ta’minlasa, yo‘l harakati xavfsizligi xizmati bilan kelishgan holda, yo‘lning alohida uchastkalarida yoki harakatlanish polosalarida alohida turdagi transportlar uchun tezlik rejimini oshirishga ruxsat beradi.
Avvalroq Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi aholi punktlaridagi ko‘chalarda tezlikni chegaralash bo‘yicha dunyo tajribasini tahlil qilayotgani xabar berilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi