06:30 / 11.04.2018
4 529

“Toshkent – Almati” yo‘nalishida avtobus qatnovi qachon boshlanishi ma’lum bo‘ldi

“Toshkent – Almati” yo‘nalishida avtobus qatnovi qachon boshlanishi ma’lum bo‘ldi
Joriy yilning 12 aprelidan “Toshkent - Almati” yo‘nalishida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqida “O‘zavtotrans” agentligi xabar berdi.

Mazkur yo‘nalish bo‘yicha muntazam qatnovlar kuniga uch marta(16:00, 17:00 va 18:00) “Toshkent” avtovokzalidan amalga oshiriladi. “Almati - Toshkent” yo‘nalishidagi avtobuslar esa “Sayran” avtovokzalidan yo‘lga chiqadi.

“O‘zavtotrans” agentligi Qozog‘istonning investitsiya va rivojlanish vazirligi Transport qo‘mitasi bilan birgalikda bu boradagi tayyorgarlik ishlarini olib bordi. Ertaga pilot reys bajariladi.
Yo‘nalish masofasi 818 kilometr, yo‘lga ketadigan vaqt 16 soatu 30 daqiqa. Jadval bo‘yicha 30 daqiqa “G‘ishtko‘prik”(O‘zbekiston) va “Jibek Joli” postlaridan bojxona va chegara nazoratidan o‘tish uchun ajratilgan.

Yo‘lkira haqi mos ravishda 100 ming so‘m va 4000 tenge etib belgilandi. O‘zbekiston mazkur qatnovda Xitoyning “Yutong” rusumli, Qozog‘iston esa Belgiyaning “VANHOL” rusumli avtobuslaridan foydalanadi.

Ushbu yo‘nalishga xizmat ko‘rsatish uchun O‘zbekiston tomonidan “ERKIN EMINA EXPRESS TOUR” tashuvchisi tanlandi. Mazkur kompaniya Qozog‘istonning “YuG TRANS LAYN” tashuvchisi bilan qo‘shni davlat hududida avtobuslarga xizmat ko‘rsatish(texnik ko‘rik, haydovchilarning tibbiy ko‘rigi, avtobuslarni muhofaza qilish va yuvish) bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilishga oid shartnoma imzoladi.

Har ikki tomon bojxona va chegara xizmatlari “Toshkent – Almati - Toshkent” yo‘nalishidagi yo‘lovchilar hamda avtobuslarni chegarani kesib o‘tish paytidagi chegara va bojxona tartib-taomillarini yuqori tartibda o‘tkazish bilan bog‘liq masalalarni hal etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Toshkent – Almati” yo‘nalishida avtobus qatnovi qachon boshlanishi ma’lum bo‘ldi