14:23 / 12.04.2018
3 441

O‘zbekiston va Rossiya reyslar sonini keskin ko‘paytirish haqida kelishib oldi

O‘zbekiston va Rossiya reyslar sonini keskin ko‘paytirish haqida kelishib oldi
11 aprel kuni Moskva shahrida O‘zbekiston va Rossiyaning aviatsiya ma’murlari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi, deya xabar beradi Rossiya Transport vazirligi xabari asosida Kun nashri.

Muzokaralar chog‘ida Rossiya va O‘zbekiston aviatashuvchilari uchun chastotalar sonini ikki barobardan ko‘proqqa ko‘paytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi va shartnomaviy yo‘nalishlarda tijorat huquqlarini kengaytirish uchun yo‘l xaritasi imzolandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi Aviatsion hukumati joriy yilning 28 fevral - 1 mart kunlari Toshkent shahrida fuqarolik aviatsiyasi sohasidagi hamkorlikning keyingi rivojiga doir masalalarni muhokama qilish uchun uchrashishgani xabar berilgandi.

Unda Rossiya tomon ikki mamlakat o‘rtasida amalga oshirilayotgan reyslar soniga nisbatan xavotirini bildirgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2014 yildan buyon O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi aviaqatnovlar deyarli ikki baravarga kamaygan. Rossiya parvozlarning tijoriy huquqlarini kengaytirishga qiziqish bildirgan. O‘zbekiston tomoni Rossiya tashuvchilariga parvozlar dasturlarini tasdiqlashda va o‘z aeroportlarida ustuvorlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha slotlar taqdim etishda yordam berishiga ishontirgan.

Foto: Rossiya Transport vazirligi /Aleksey Troshkin


Foto: Rossiya Transport vazirligi /Aleksey Troshkin


Foto: Rossiya Transport vazirligi /Aleksey Troshkin

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi havo qatnovlarini kelgusida kengaytirish maqsadida Rossiya tomoni tegishli rossiyalik tashuvchilarga chastotalarni erkin tanlash huquqi taqdim etilishini taklif qildi. O‘zbekiston tomoni birinchi bosqich sifatida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi kelishuvli liniyalardagi parvozlar sonini aniqlab olish zarurligini ta’kidladi. Rossiya tomoni O‘zbekistonning bu taklifi Rossiya aviatransport kompleksi manfaatlari va ikki mamlakat o‘rtasidagi havo qatnovlarini rivojlantirish ruhiga nomuvofiqligini qayd etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston va Rossiya reyslar sonini keskin ko‘paytirish haqida kelishib oldi