O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining siyosiy-huquqiy masalalar bo‘yicha Davlat maslahatchisi Rustam Inoyatov O‘zbekistonda baliqchilik sanoatini rivojlantirishda mas’ul etib tayinlandi.
Joriy yilning 6 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Baliqchiik tarmog‘ini jadal rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilingan edi.
Hujjatda “Baliq ishlab chiqaruvchi” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish, Qishloq xo‘jaligi vazirligi tuzilmasida Baliqchilikni rivojlantirish boshqarmasini tashkil etish, “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi faoliyatini takomillashtirish kabi asosiy masalalar belgilab berilgan. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilishga Rustam Inoyatov bilan birga Bosh vazir Abdulla Aripov va Bosh prokuror Otabek Murodov ham javobgar etib tasdiqlangan.
Eslatib o‘tamiz, 31 yanvar kuni 1995 yil yozidan buyon uzluksiz ravishda O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisi lavozimida bo‘lib kelgan general-polkovnik Rustam Inoyatov lavozimni tark etgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”