London iqtisodiy va siyosiy fanlar maktabi Goddyear kompaniyasi bilan hamkorlikda tadqiqot o‘tkazib, haydovchilarni fe’l-atvoriga ko‘ra guruhlarga bo‘lib chiqishdi. Tadqiqot yevropalik haydovchilardan tuzilgan fokus-guruhlarda olib borildi.
Haydovchilar yetti guruhga bo‘lindi. Ulardan birinchisi “o‘qituvchilar”dir.
“O‘qituvchilar”ga boshqa haydovchilar o‘z xatolarini tushunishi muhim. Bundan tashqari, ular boshqa haydovchilarga aql o‘rgatib, evaziga minnatdorchilik kutadi.
“Bilag‘onlar”ning fikricha, undan boshqa haydovchilar hech narsani tushunmaydi. Bu guruh vakillari o‘z mashinalaridan chiqmagan holda yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilariga baqirishini xush ko‘radi.
“Raqobat ishqibozlari” doimo boshqalardan o‘zib ketishga intilishadi, agar ularga to‘sqinlik qilinsa, bunga norozilik bildirishadi. Ular oldindagi mashina bilan o‘rtaliq masofani imkon qadar kam saqlab, boshqalarning suqilib olishiga imkon qoldirmaslikka harakat qiladi.
“Jallodlar” turli usullar bilan noto‘g‘ri harakat qilgan haydovchilarni jazolashga harakat qiladi. Kelishmovchilik yuzaga kelganda ular mashinasidan tushib, raqibi bilan janjallashib ketadi.
“Faylasuflar” boshqa haydovchilarning noto‘g‘ri xatti-harakatlariga e’tibor qaratishmaydi va hatto o‘zlaricha to‘g‘ri tushunishga intilishadi. “Tahdiddan qochuvchilar” o‘zlari xavfli deb sanagan haydovchilardan uzoqroq yurishga harakat qilishadi. “Qochoqlar” esa yo‘lda bo‘layotgan ishlarga aralashishni yoqtirmaydi va sekinlik bilan bir chekkadan ketaveradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi
AQSH Haaga sudining Isroilga nisbatan tergoviga qarshi chiqyapti
Toshkent viloyatidagi 6 ta tumanga yangi radarlar o‘rnatiladi
O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik...
Tojikiston Rossiyaga jiddiy norozilik bildirdi
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"
Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi