O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Abdusalom Shodmonov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan O‘zMTRK raisi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan Abdusalom Shodmonov joriy yilning 13 aprel kuni ishdan bo‘shatildi. Ayni paytda bunga nima sabab bo‘lgani oshkor etilmayapti.
Kun.uz axborot manbasi tanishib chiqqan hujjatda Shodmonovning lavozimdan bo‘shatilishi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov tomonidan tasdiqlangani aytiladi. Kompaniya rasmiy saytida esa rahbariyatdagi o‘zgarish haqida rasmiy ma’lumot mavjud emas.
Eslatib o‘tamiz, O‘zMTRKda qisqa muddat ishlagan Xurshid Mirzohidov o‘tgan yilning 2 avgust kuni teleradiokompaniya rahbarligidan ketgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, uning o‘rniga 12 yil davomida televideniyega rahbarlik qilgan Alisher Xo‘jayev tayinlangani ma’lum bo‘lgandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Shi Te Yong: "Bizda hali olimpiadaga chiqish imkoniyati bor"
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi
Ilon Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi uzoq muddatli yordam bo‘yicha muzokaralarni “aqldan ozish” deb atadi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Xodimlarning mehnat qonunchiligiga rioya etilishi nazoratga olingan
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi