Foto: «Spot.uz»
«Buyuk kelajak» xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Tashkilot nomi o‘zbek, rus va ingliz tillarida bir xil «Buyuk kelajak» sifatida qo‘llaniladi.
Bu tashkilot tomonidan xorijda yashab-faoliyat yuritayotgan o‘z kasbining yetuk mutaxassislari bo‘lgan o‘zbekistonlik vatandoshlar ishtirokida ekspertlik kengashi tuzilgan.
Endilikda, «Buyuk kelajak» XNNT O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar bo‘yicha yangi takliflar taqdim etadi. Jumladan, 2021 yilga qadar qabul qilingan Harakatlar strategiyasi doirasida «Taraqqiyot strategiyasi» markazi bilan yaqin hamkorlikda faoliyat olib boradi.
Jumladan, turli soha mutaxassislaridan iborat ekspertlar kengashi a’zolarini faol jalb qilish orqali kelgusi yillar uchun ishlab chiqiladigan Davlat dasturlariga takliflar taqdim etib boradi.
Tashkilotning asosiy maqsadi O‘zbekistonni yanada jadal rivojlanishi uchun xizmat qiladigan uzoq muddatli taklif va strategiyalar ishlab chiqishdan iborat. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi
Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi
U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi
Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi
“Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya)